avatar
Куч
6.90
Рейтинг
+2.91

Oybek Aliyev

Мақолалар

Tiriklar yonimizdadir, marhumlar esa qalbimizda

Блог им. bekprogrammist
 

 9-may «Xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan.


 

Insonning hayotini, umrini oqar suvga menzashlari bekorga emas. Bu oqar suvlar bir joyga quyilib, daryolarni, dengizlarni hosil qilgani kabi, insonlarning umri, hayoti ma’lum jabhalarda birlashadi, tutash keladi. Keyinchalik, bu suvlar yana irmoqlarga bo’linib, o’zining tanlagan yo’lida oqishda davom etadi. Uning qayerga borib to’xtashi ma’lum emas. Agar suv qanchalik ko’p irmoqlardan, daryolardan va dengizlardan oqib o’tgan bo’lsa demak, u shunchalik ko’p voqelikka guvoh bo’lgan. Lekin oqayotgan suvning insondan farqi shundaki, u ko’rgan, bilganlarini eslashga, aytib berishga qodir emas. Inson o’zining umri davomida ko’rgan kechirganlarini eslashga, xotirlashga qodirdir. Xotirlash bu shunchaki eslash, o’tgan voqealarni ko’z oldiga keltirish jarayoni emas, balki bevosita hayajonlanish, ta’sirlanish, qayg’uga botish yoki bilib bilmay yig’lab yuborish jarayonihamdir. Chunki bu umri davomida u qanchadan qancha odamlarni ko’rmadi, ular bilan suhbatlashmadi.


 

U o’ylaydi qani edi, hozirgi yoshlar ham shularni ko’rsa, ular bilan suhbatlashsa, ularning hayot yo’li, kechinmalari, fikri hamda hayotga munosabatidan bahramand bo’lsa. Tag’in inson o’ylaydi, eh yonimda u kishi bo’lganlarida bu muammoni qanday hal qilgan bo’lardi, bizning ishimizni qanday baholardi. Buning barchasi, o’chmas xotiradir.


 

Bekorga muhtaram Prezidentimiz 9-may «Xotira va qadrlash» kuni deb nomladilar.


 

Biz marhumlarni xotirlashimiz, tiriklarni esa qadrlashimiz darkordir. Bizning Xiva tibbiyot kollejimiz ham o’zining 67 yillik tarixi davomida qanchadan qancha xotirlashga va qadrlashga arzigulik insonlarni yetishtirib chiqardi.


 

Biz ularni eslab o’tishga qaror qildik. Shunday qilib...


 

 


 

 


 

Saidnazar aka Madaminov


 

Xiva tibbiyot bilim yurti(Xiva tibbiyot kollejining eski nomi)ning 1961-1975 yillardagi direktori. U kishi alohida e’tibor va alohida xotirlashga munosib bo’lgan kishilardandir. Buning asosiy sabablaridan biri Xorazm viloyatidagi asosiy o’rta tibbiy hodimlar yetishtirib chiqaradigan maskanni chinakam tibbiy bilim yurti darajasiga yetkazish uchun qilgan sa’y harakatlari bo’lsa, ikkinchisi esa, u  kishidagi o’chmas matonat va qat’iyatdir. Masalaning ahamyatli tomoni shundaki, u  kishi sobiq Sho’ro hokimiyatining o’zbek rahbarlari ustidan navbatdagi, ig’vo-yu fitnalarni amalga oshirish arafasida turgan, tirnoq ichidan kir qidirayotgan og’ir bir damlarida rahbar bo’lib ishladi va afsuski, u  kishi ham bunday finalardan chetda qolib ketmadilar. Lekin, bunday ig’volar Saidnazar aka Madaminovning qaddini buka olmadi. Aynan fe’lidagi mana shu og’ir, vazminlik va eng muhimi kamtarlik u  kishini insonlar orasida hurmat va e’tibor topishiga sabab bo’ldi. “Saidnazar aka o’zining boshiga ish tushib turgan bir paytda ham hech qanday asabiylashishlarsiz, og’irlik va bosiqlik bilan hodimlarni va boshqa kishilarning muammolarini eshitishga doim tayyor edilar” deya eslaydi o’sha payti Xiva tibbiyot bilim yurtida bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan nafaqadagi mehnat faxriysi A.Aliyev. Chunki, Saidnazar aka o’z vijdonining pokligiga  va adolatning qachondir yuzaga chiqishiga ishongan. Uzoq yillar davomida nafaqa shukuhini tatiyotgan S.Madaminov 2011 yilda bu hayotni tark etdilar.


 

Abdusharif aka Narmetov


 

Xiva tibbiyot bilim yurtining 1970-1975 yillardaki, O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari hamda 1975-1998 yillarda bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaganlar. U kishi o’zining ushbu faoliyati davomida juda ko’p shogirdlar, tibbiy mutaxassislar yetishtirib chiqardi. Afsuski, bu kishining hayoti ham Saidnazar aka Madaminovning hayoti kabi bir tekis bo’lmagan. Qamoq, oilaviy muammolar u kishining sog’lig’iga ta’sir qilmasdan qolmadi. A.Narmetov 2009 yilda vafot etdi.


 

Xotirlashga va eslashga jazm qilganimiz yana bir inson bu – Zevar opa Saidrizayevadir. Bu ayol bilim yurti tarixida o’chmas iz qoldirgan jonkuyar insonlardandir. Asli mutaxassisligi Pediatr bo’lgan Zevar opa uzoq yillar davomida Hamshiralarga “Pediatriyada hamshiralik parvarishi” fani bo’yicha, Akusherlarga ham mutaxassis fanlardan dars berdi. Zevar opa hamma nafaqa xo’rlar kabi 2011 yilda hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi. Afsuski, Zevar opa nafaqaga chiqqaniga bir yil to’lmasdan 2012 yilda bu hayotdan ko’z yumdilar. Alloh u  kishini o’z rahmatiga olgan bo’lsin.


 

Hozirda tirik bo’lgan va biz qadrlashimiz lozim bo’lgan, kollej tarixida o’zining munosib o’rniga ega bo’lgan kishilar ham talayginadir.


 

Xiva tibbiyot bilim yurtiga 1958-1961 yillarda rahbarlik qilgan Avaz ota O’tarov shular jumlasidandir. U kishi O’zbek Ma’rifatparvar shoiri Avaz O’tarning nevarasidir. A.O’tarov ham 2011 yilgacha yosh kadrlarga ustozlik qildi, talabalarga dars berdi. A.O’tarov hamon tetik, baquvvatlar.


 

Xiva tibbiyot bilim yurti tarixida unga eng ko’p rahbarlik qilgan, tug’ma qobiliyat va iste’dod, hudo yuqtirgan boshqaruvchilik xususiyatiga ega bo’lgan inson Ataboy aka Niyozmetovdir. U kishi ham A.O’tarov qatori 2011 yilgacha yosh kadrlarga ustozlik qildi, talabalarga dars berdi. Atabay aka Niyozmetov ham hozirgi kunda nafaqa shukuhini nabiralari va farzandlari bilan birga tatimoqdalar.


 

Biz bu qatorni ko’p davom ettirishimiz mumkin, A.Aliyev, R.Anabibi, N.Allaberganov, R.Abdullayev, Q.Raximov va boshqalar.


 

6-may kuni kollejimizda talabalar hamda o’qituvchilar bilan bo’lib o’tgan ritualda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Atayeva “Xotira abadiydir” mavzusida talabalarga ma’ruza qilar ekan, bu dargohning qanday muqaddasligini va undan qanday buyuk insonlarning qadamlari muhrlanganini va biz buning qadriga yetishimiz lozimligini uqtirdilar. O’tgan ustozlarimizni va ularni qilgan ishlarini aytib o’tar ekan Sh.Atayeva ularning hurmatiga bir daqiqalik sukut saqlashni taklif qildi.   


 

O’tganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin, tiriklarni esa, umrini uzoq va bardavom qilsin. Biz ushbu insonlarni ahyon ahyonda eslab ularning izdoshlari ekanimizni, bugungi bizlarning bu baxtimiz ularning mehnati evaziga kelganini unitmasligimiz darkor


Xiva tibbiyot kolleji jamoasi


 

O'quv jarayonini avtomatlashtirish: Dolzarb masalalar va muammolar.

Блог им. bekprogrammist


Hozirgi davrda komputer kirib bormagan biror soha qolmadi hisob. Komputer bilan birinchi duch keladigan soha — bu ta'lim sohasidir. Chunki, har bir mutaxassis avvalambor maktab, kollej, universitet va institut kabi o‘quv muassasalarida o‘qib, kadr sifatida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Demak, avtomatlashtirishni ta'lim sohasidan boshlash kerakligi kundek ravshan.Mazkur sohani avtomatlashtirish uning bo‘g‘inlari: maktab, akademik litsey, kollej hamda oliy o‘quv yurtlarini avtomatlashtirishni talab etadi.
Bunday avtomatlashtirishni ikki xil usulda tashkil etish mumkin:
1. Ushbu har bir bo‘g‘in uchun alohida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish.
2. Yiriklashtirilgan tizimni ishlab chiqib, yuqoridagi har bir bo‘g‘inning avtomatlashtirilgan tizimini uning moduli (qism dasturi) sifatida ishlab chiqish.
Birinchi holatda, har bir bo‘g‘in uchun alohida tizim ishlab chiqariladi va bu tizim faqat o‘sha bo‘g‘inning ichkarisida (lokal) xizmat qiladi. Ikkinchi tizimni ishlab chiqish esa anchayin murakkab jarayon, ammo u oldingisidan har bir bo‘g‘inning ishini markazlashtirishi va istalgan payti istalgan bo‘g‘indan avtomatik ravishda xohlagan ko‘rinishdagi hisobotlarni tezkor olish imkoniyati bilan ustun turadi. Murakkab va tashkil qilishning noqulayligi esa shundan iboratki, bu tizimni markazlashtiruvchi va har bir bo‘g‘in bilan aloqa qilishni tashkil etuvchi serverlar va tarmoq zarur bo‘ladi. Ya'ni, bu tizim server tomonidan dasturlashni va tarmoq texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Hozircha avtomatlashtirishni lokal tashkil etish bilan cheklanamiz.
Avtomatlashtirishni qanday tashkil etishdan qat'i nazar, eng asosiy masala, bu tizim bilan ishlaydigan mutaxassislar malakasidir. Ta'lim tizimining istalgan bo‘g‘inini olmaylik, avvalo, kadrlar tizimini, o‘quv bo‘limini, moddiy ta'minot bo‘limini va kutubxonani avtomatlashtirishni taqozo etadi. Qolgan barcha tarmoqlar bularning avtomatlashtirilishiga bog‘liq. Bular bir-biri bilan yagona umumiy avtomatlashtirilgan tizimga lokal tarmoq orqali birlashtiriladi. Ushbu yo‘nalishda eng dolzarb masala, avtomatlashtirilgan bo‘g‘inning tashkil etuvchilari bazasini yaratishdan iborat.
Ma'lumki, bo‘g‘inni kadrlar, o‘quvchilar, kitoblar, o‘qitiladigan fanlar va moddiy-texnik baza tashkil etadi. Demak, o‘z-o‘zidan ma'lumki, kadrlarning umumiy ma'lumotlar bazasini yaratish kerak (tug‘ilgan yili, o‘qituvchi bo‘lsa dars beradigan fani, ish staji, ma'lumoti, toifasi, qaysi kafedraga biriktirilgani va h.k.). Bu esa kadrlar bo‘limi ishini avtomatlashtirishga yordam beradi. Ikkinchi qilinadigan ish, o‘quvchilar umumiy ma'lumotlar bazasini yaratish (tug‘ilgan yilidan tortib, yaqin qarindoshlariyu qaysi yo‘nalish va guruhda o‘qishigacha). Bu o‘quv bo‘limi ishini avtomatlashtirishga yordam beradi. Uchinchi qilinadigan ish kitoblar umumiy fondini shakllantirish. Bu esa ARM ishini avtomatlashtirishga yordam beradi. To‘rtinchi qilinadigan ish fanlar umumiy bazasini shakllantirishdan iborat. Bu ham o‘quv bo‘limi ishini avtomatlashtirishga yordam beradi. Bazani yaratish bo‘yicha qilinadigan oxirgi ish esa moddiy-texnik ashyolarning ma'lumotlar bazasini shakllantirishdan iboratdir.
Endi o‘quv muassasasining har bir bo‘g‘ini ishini avtomatlashtirishni ko‘rib chiqamiz.
Kadrlar bo‘limi. Bu bo‘limdagi avtomatlashtirilgan tizim, kadrlar umumiy bazasidagi ma'lumotlar asosida kadrlarning umumiy anketalarini, yashash manzillari, mutaxassisligi, staji, lavozimi hamda toifasi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish imkonini beradi.
O‘quv bo‘limi. Bu bo‘limdagi tizim talabalar umumiy bazasi asosida, kam ta'minlangan, iqtidorli, qiz, o‘g‘il, kvartirada, yotoqxonada turadigan talabalar kontingentini shakllantirish, talabalar haqidagi har qanday savolga javob berish imkoniga ega bo‘ladi.
Fanlar umumiy bazasi (unda qaysi yo‘nalishga qanday fanlar o‘tilishi belgilanadi va bu namunaviy o‘quv rejalar asosida shakllantiriladi) va o‘qituvchilar umumiy bazasi asosida o‘qituvchilar va guruhlar dars taqsimotlarini shakllantirish va bundan kelib chiqqan holda esa, avtomatlashtirilgan dars jadvallarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Buxgalteriya. O‘quv bo‘limida ishlab chiqilgan dars taqsimotlari asosida oylik maoshlarni belgilash, kadrlar bazasi va moddiy-texnik baza asosida xona mudirlari va moddiy ashyolarga javobgar kadrlarni tayinlash imkonini beradi. Bitiruvchilarni bandlikka ko‘maklashishda tegishli avtomatlashtirilgan tizim o‘quvchilar umumiy bazasidan bitiruvchilar haqidagi to‘liq ma'lumotlarni olish va bandlikni qayd etib borish imkonini beradi.
Oybek ALIYEV, Xiva tibbiyot kolleji axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi

"Ijtimoiy tarmoqlar" yoki "Ziyonet" farzandlarimiz qaysi birini tanlamoqda?

Блог им. bekprogrammist



«Ijtimoiy tarmoqlar» mavzusi yangi mavzu emasligi, uning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida ko‘p gapirilganiga qaramasdan, bu eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolapti. Bir paytlar «Xabar» gazetasi orqali «O‘rgimchak to‘ridan ogoh bo‘ling!» nomli maqolada internetning salbiy oqibatlari haqida «ogohlantirish signali» berilgandi. O‘shanda internetning «keng makon» ekani haqida gapirilgan, ammo makon ma'lum strukturaga ega bo‘lmagan bo‘shliq bo‘lgani kabi internet ham o‘zining strukturasini hali tuzmagan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bu makon haqli ravishda «galaktika»ga aylanib, o‘z tuzilmasiga ega bo‘ldi hamda uning «kichik-kichik sayyoracha»lari kashf etila boshlandi. Bu «sayyoralar» internetning «ijtimoiy tarmoqlar» deb ataluvchi bir bo‘lagidir.